Sport | 07:22 / 02.07.2015
1865
1 daqiqa o‘qiladi

Rayan Babel faoliyatini “Al-Ayn”da davom ettiradi

Gollandiyalik hujumchi Rayan Babel faoliyatini “Al-Ayn”da davom ettiradigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda BAA klubi matbuot xizmati.

“Qosimposhsha”ning sobiq futbolchisi yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati oshkor etilmadi.

28 yoshli futbolchi o‘z vaqtida “Ayaks” va “Liverpul” tarkibida yorqin faoliyat ko‘rsatgan edi. Biroq uning keyingi faoliyati pasayib ketgan. Futbolchi Turkiyaning “Qosimposhsha” klubi tarkibida o‘tkazgan ikki mavsumi davomida 58ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol va 9ta golli uzatma yozib qo‘ygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish