Sport | 14:30 / 02.07.2015
3116
1 daqiqa o‘qiladi

Samvel Babayan: yozda Oliy Liga o‘yinlarini 20:00da boshlanadigan qilib belgilash kerak

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 2 iyul kuni Oliy Liga klublari bosh murabbiylari bilan majlis o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston  Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati tvitteri xabar berdi.

«Yozda oliy liga o‘yinlarini 20:00dan keyin qilib belgilash kerak. O‘yinni 18:00da boshlash muxlislarga nisbatan o‘ta adolatsizlik!», - dedi Samvel Babayan. 

Qayd etishlaricha, uchrashuvda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov ham ishtirok etgan. 

Samvel Babayanning qo‘shimcha qilishicha, «biz hammamiz – klublar, murabbiylar, muxlislar, hamma-hamma terma jamoa atrofida birlashishimiz kerak».

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish