11:23 / 02.07.2015
6957

Toshkentda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh qo‘lga olindi

Toshkentda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi Abdulloh ismli shaxs toshkentlik tanishi Ikrom Soipovdan giyohvand moddalarni sotib berishni so‘ragan. U moddalarning bir qismini tanishi Zuhriddin Kamolovga 275 ming so‘mga sotgan. O‘z navbatida, Kamolov narkotikni mahalladoshi, 1961 yili tug‘ilgan Abror Rasulovga 300 ming so‘mga sotgan.
Ammo Rasulov ulardan sotib olgan moddani uyga olib ketayotganida huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Uni tergov qilish orqasidan Zuhriddin Kamolov, Ikrom Soipov va boshqa sheriklarning qilmishlari fosh etilgan.

Top