16:45 / 02.07.2015
5633

Toshkentda Rossiya OTMlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida Rossiya OTMlariga byudjyet asosida kirish uchun imtihonlar olinmoqda.
Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tarqatgan xabarga ko‘ra, iyul oyi davomida abituriyentlar Rossiyaning bir qancha oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imtihon topshira oladi. Volgabo‘yi davlat texnologiya universiteti (Yoshkar-Ola), Ulyanovsk qishloq xo‘jaligi akademiyasi (Ulyanovsk), Shimoliy Kavkaz federal universiteti (Stavropol), Sibir davlat tibbiyot universiteti (Tomsk), Mari davlat universiteti (Yoshkar-Ola) shular jumlasidandir.

Top