Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 12:09 / 02.07.2015
4166
1 daqiqa o‘qiladi
Xatirchi tumanidagi “Badr ota” jome' masjidi qayta qurilmoqda
Ramazon oyida musulmonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Badr ota” jome' masjidining asosiy binosini qayta qurish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu jarayonda tuman hokimligidan vakillar, viloyat bosh imom-xatibi, masjid imom-xatiblari, turli tashkilotu muassasalar, tadbirkorlaru o‘qituvchilar, keksa otaxonlaru yoshlar, barcha-barchasi hamjihatlikda ishtirok etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish