Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2014 yili Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi 15.6 mlrd so‘m daromad oldi
2014 yili Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi 15.6 mlrd so‘m miqdorida sof daromad oldi. Bu haqda kompaniya xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi.
Stantsiya O‘zbekiston elektr energiyasining uchdan bir qismini ishlab chiqaradi.
Kompaniya aksiyadorlari – “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik jamiyati va Davlat raqobat qo‘mitasi korxonani rivojlantirishga 12.6 mlrd so‘m yo‘naltirgan edi.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividentlar to‘lashga 1.6 mlrd so‘m yo‘naltirildi, ulardan 90 foizi past voltli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga sarflandi.
Past voltli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturi O‘zbekistonda 2011 yildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati – 124.9 mlrd so‘m.