Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:06 / 03.07.2015
4769
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh elchisi ayg‘oqchilik haqidagi ma'lumot tufayli Merkel idorasiga chaqirtirildi
Germaniya kansleri bosh idorasi mamlakatdagi AQSh elchisini AQSh Milliy xavfsizlik agentligining nemis hukumati ortidan ayg‘oqchilik qilgani haqidagi ma'lumotni muhokama qilish uchun chaqirtirdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
WikiLeaks saytida chop etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, MXA Germaniya hukumat idoralari, jumladan moliya va iqtisodiyot vazirliklari vakillarining 69 ta telefon raqamini tinglagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish