Jahon | 00:18 / 03.07.2015
2152
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainada ishlab chiqarilgan bir qator mahsulotlarga bojxona to‘lovini bekor qildi

Ukraina kompaniyalari iyul oyi oxiridan boj to‘lamasdan AQShga 5 mingga yaqin turdagi mahsulotlarni eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdilar, deb xabar bermoqda Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi.

Vazirlikning ma'lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga bunday imkoniyat AQShning yangilangan imtiyozlar bosh tizimi dasturi doirasida berildi. Bu imtiyozlar 2015 yilning 29 iyulidan 2017 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.

Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri o‘rinbosari, Ukraina savdo vakili Natalya Nikolskayaning aytishicha, AQShning imtiyozlar bosh tizimi dasturi eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlar: kimyo sanoatining katta miqdordagi turli mahsulotlari, minerallar va qurilish toshi, zargarlik buyumlari, gilamlarning ko‘pchilik turlari, qishloq xo‘jaligi va baliqchilikning ba'zi turlariga taalluqlidir.

Nikolskaya AQShda bojsiz tartibning ustunliklaridan foydalanish uchun Ukraina samarali intellektual mulkchilik va mehnat huquqlarini himoya qilishning mavjudligini, Ukraina kompaniyalari esa mahsulotning kelib chiqishi qoidalari mezonlariga mos kelishlarini namoyish qilishlari kerak.

Ma'lumot uchun, AQShning imtiyozlar bosh tizimi – AQSh davlat dasturi bo‘lib, unga ko‘ra muayyan mezonlarga mos keluvchi savdo hamkorlarga AQShga ba'zi mahsulotlarni bojsiz olib kirish huquqi beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish