Sport | 17:48 / 03.07.2015
1708
1 daqiqa o‘qiladi

Arda Turonning "Barselona"ga o‘tishi masalasi 6 iyul kuni hal qilinadi

Marca nashrida yozilishicha, "Barselona" jamoasi Arda Turonning transferi bo‘yicha yakuniy qarorini 6 iyul kuni ma'lum qiladi.

Bu qaror jamoaning vaqtinchalik rahbariyati tomonidan Arda Turon 18 iyul kunigacha kutib tura olmasligini ma'lum qilgani tufayli qabul qilingan.

Arda Turon mavsumoldi mashg‘ulotlari vaqtida "Atletiko" safida bo‘lishni istamayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish