Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida chop etiladigan hajviy jurnal Messiga “qo‘pol tarzda” tahdid qildi
Chilida chop etiladigan The Clinic jurnali o‘zining navbatdagi sonining muqovasiga “O‘zga sayyoralik” filmidagi o‘zga sayyoralikning qiyofasini joylashtirib, Argentina bilan Chili o‘rtasidagi Amerika kubogi final uchrashuvidan oldin Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel Messi ustidan shu tarzda qo‘pol hazil qildi. Bu haqda nashrning saytida ma'lum qilindi.

Muqovada Chili va Urugvay o‘rtasidagi chorakfinal uchrashuvidagi ro‘y bergan vaziyatga iqtibos keltirildi. O‘sha uchrashuvda chililik himoyachi Gonsalo Xara urugvaylik Edinson Kavanining orqa tomoniga barmog‘i bilan turtgan hamda raqibini javob berishga majbur qilib, uning sariq kartochka olishiga sababchi bo‘lgan. Muqovadagi o‘zga sayyoralik barmog‘i to‘q sariq bo‘yoq bilan bo‘yalgan holda tasvirlangan hamda suratning ostiga “O‘zingdan ko‘r, Messi” deb yozib qo‘yilgan.
Jurnal Xarani o‘zga sayyoralikka qiyoslagan, chunki ko‘pchilik o‘yinchilar va ekspertlar ko‘pincha uni “o‘zga sayyoralik” deb ataydilar.
The Independent nashrining ta'kidlashicha, Chili termasi muxlislariga jurnalning bu g‘oyasi juda xush keldi, chunki ulardan ko‘pchiligi Xaraning o‘sha nayrangini yoqlab chiqishgan.
Amerika kubogining Argentina va Chili o‘rtasidagi final uchrashuvi 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.