Jamiyat | 14:16 / 03.07.2015
4278
1 daqiqa o‘qiladi

Ellikqal'ada tug‘ilgan 3 nafar egizak sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘smoqda

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal'a tumani Qizilquv ovul fuqarolari yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Shomurot Hojiyev hamda Rita Serjanbayeva xonadonida shu yilning 10 mart kunida tug‘ilgan uch nafar egizak ziyorat qilindi. Bu haqda “Oila davrasida” gazetasi yozmoqda.

Ota-ona uch o‘g‘ilga Islombek, Karimjon, Abdug‘ani ismlarini qo‘yishgandi. 

“Farzandlarim dunyoga kelib, onalik baxti nasib etgan kuni mendan baxtli ayol yo‘q edi, – dedi Rita Serjanbayeva muxbir bilan suhbat chog‘ida. – Egizaklarning har uchalasi ham o‘g‘il ekanini aytgan doya ayolning so‘zlariga avvaliga ishonmaganman. Faqatgina farzandlarimizni emizish uchun olib kelishgandan so‘ng bu gaplar chinligiga ishondim. Hozir bolalarim sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sayapti”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish