23:22 / 03.07.2015
3794

FIFA 16 o‘yini diskining muqovasi ustida Messi tasvirlandi

Kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi EA Sports kompaniyasi FIFA 16 o‘yini uchun yangi muqovani namoyish qildi. Muqovada “Barselona” hujumchisi Lionel Messi tasvirlangan. Ushbu tasvir instagramda joylashtirildi.

Ayni paytda Messi Argentina terma jamoasi bilan 4 iyulda o‘tkaziladigan Chiliga qarshi Amerika kubogi finaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 5 iyulda soat 01:00 da boshlanadi.

Top