Jahon | 17:41 / 03.07.2015
2228
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Assanjga boshpana berishni istamadi

Fransiya hukumati WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanjga siyosiy boshpana berishni istashmadi. Bu haqda Yelisey saroyi kommyunikesiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Fransiya Assanjdan maktub oldi. Chuqur tahlil shuni ko‘rsatdiki, Assanj vaziyatining bir qator yuridik va moddiy jihatlari tufayli Fransiya uning iltimosini qondira olmaydi”, – deyiladi xabarnomada.
Shuningdek, kommyunike mualliflari Assanjning hayotiga bevosita tahdid yo‘qligini va ayni paytda uning qamoqqa olinishi uchun umumevropa miqyosidagi ruxsatnoma berilganligini eslatib o‘tishdi.
Assanj siyosiy boshpana berish iltimosi bilan bevosita prezident Fransua Ollandga murojaat etgan edi. Uning ochiq xati 3 iyul kuni Le Monde gazetasida chop etildi. Shuningdek, bugun Fransiyaning bir guruh madaniyat arboblari Assanj hamda Snoudenga siyosiy boshpana berishni iltimos qilib prezident nomiga ochiq xat yo‘llagan

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish