Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya madaniyat arboblari prezidentdan Assanj va Snoudenga boshpana berishni so‘radi
Fransiya madaniyat arboblari prezident Fransua Ollandga maxsus murojaatnoma yo‘llab, unda Julian Assanj va Edvard Snoudenga boshpana berishni iltimos qilishdi. Murojaatnoma Mediapart portalida e'lon qilindi.
“Bir necha yillar mobaynida Assanj va Snouden o‘z jasoratlari uchun quvg‘inlikda yuribdi. Barcha birday bo‘lib ularning kurashi adolatli ekanligini ta'kidlasa-da, ular tushib qolgan vaziyat xavotirga va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda... Ular bir necha marotaba Fransiyaga murojaat qilib, AQSh bizning davlatimizga qarshi yuritgan amaliyotlardan bir qanchasini fosh qilishdi”, – deyiladi murojaatda.
Ochiq xatni imzolaganlar qatorida rejissyorlar Jak Odiyar, Mate Kassovits va Kosta-Gavras, aktyorlar Lui Garrel, Vensan Kassel, Iren Jakob va Lyudvin Sane, bastakor Jan-Mishel Jarr, yozuvchi Romen Dyuri, sobiq futbolchi Erik Kantona va boshqalar bor.