Jahon | 17:36 / 03.07.2015
1536
1 daqiqa o‘qiladi

Gaagada to‘planishga taqiqlovni buzganlik uchun 100dan ortiq kishi hibsga olindi

Gaagada to‘planishga taqiqlovni buzganlik uchun 100 dan ortiq kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat huquq-tartibot muassasalari ma'lum qildi.

Hibsga olishlar Xobbem maydonida politsiyaning maxsus boshqarmalari tomonidan amalga oshirildi. Barcha qo‘lga olinganlar yaqin oradagi politsiya bo‘limlariga yetkazilgan.

Gaagada tungi payt to‘planishga taqiqlov 2 iyulda Niderlaniyada ta'tilda bo‘lgan Aruba oroli vakili Mitch Enrikezning o‘limi sababli yuzaga kelgan tartibsizliklardan keyin kiritilgan edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yosh yigit politsiya tomonidan jamoatchilik tartibini buzganlik uchun qo‘lga olish paytida nafas yetishmaslikdan halok bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish