Texnologiya | 12:06 / 03.07.2015
4064
2 daqiqa o‘qiladi

Garmin velosipedchilar uchun orqadan keluvchi mashina haqida ogohlantiruvchi radar yaratdi

Garmin kompaniyasi velosipedchilar uchun Varia radarini yaratdi. Qurilma velosipedchini orqadan mashina yaqinlashayotganidan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan hamda haydovchilar e'tiborini jalb qilish uchun orqa fonar funktsyasini bajaradi.

Qurilma Janubiy Afrikaning iKubu kompaniyasi tomonidan yaratilgan velosipedlar uchun radar tizimiga asoslangan. Ushbu kompaniya 2015 yil yanvarda Garmin tomonidan sotib olingan edi.



Garmin keltirgan statistik ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda avariyaga uchraydigan velosipedchilardan 40 foizi harakatlanish paytida orqadan kelayotgan transport vositasi bilan to‘qnashishdan aziyat chekkanlar.

Varia radari velosiped orqasiga mahkamlanadi. Varia datchik yordamida velosipedchini orqadan kelayotgan transport vositasidan xabardor qilish uchun velosiped orqasidagi 140 metrlik hududni skanerlaydi. Orqadan kelayotgan avtomobil haydovchisining e'tibori avtomobil velosipedga yaqinlashgani sari orqa fonarning tezlashuvchi chaqnashlari bilan jalb qilinadi.

Olingan ma'lumot datchikdan Garmin Edge velokompyuteri yoki rulga mahkkamlangan tizimga uzatiladi. Bu velosipedchiga yo‘ldan chalg‘imagan holda transport vositasining yaqinlashishiga javob berishga va zarurat tug‘ilganda yo‘l chetiga o‘tishiga imkon beradi.

Garmin Varia radari kuzda sotuvga chiqariladi. Radarning o‘zining narxi 199,99 dollarni, rulga mahkamlanuvchi ogohlantirish tizimi bilan birgalikdagi narxi 299,99 dollarni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish