Jahon | 17:08 / 03.07.2015
2695
1 daqiqa o‘qiladi

"IShID" jangarilari Suriyadagi 2000 yillik me'moriy obidani buzib tashladi

"IShID" jangarilari Suriyaning Palmira shahridagi qadimiy obidalardan yana birini yo‘q qildi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Jangarilar shahar yaqinida joylashgan muzeydagi 2000 yillik sher haykalini buzib tashlashgan.

Muzey xodimlaridan birining aytishicha, bu haykal 3 metr balandlikka, 15 tonna vaznga ega bo‘lgan va o‘zining alohida me'moriy qiymati bilan ajralib turgan.

Haykal 1977 yilda polshalik olimlar tomonidan o‘rganilgan hamda eramizdan oldingi 1 asrga mansubligi aniqlangandi.

Biroz oldinroq, jangarilar Palmiradagi bir qancha qabristonlarni vayron etgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish