09:45 / 03.07.2015
2974

Janubiy Koreya koronavirus epidemiyasidan so‘ng iqtisodiyotni jonlantirishga 10.5 mlrd dollar sarflaydi

Janubiy Koreya hukumati MERS koronavirusi epidemiyasining iqtisodiyotga keltirgan salbiy ta'siri oqibatlarini bartaraf qilishga 11.8 trln vona (10.5 mlrd dollar) ajratadi. Bu boradagi harakat dasturi vazirlar mahkamasining shu hafta juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi. Reja 20 iyulga qadar tasdiqlanishi kutilmoqda.
“Qo‘shimcha mablag‘ iqtisodiyotni jonlantirishga yordam beradi, ichki talabni oshirishga va oddiy fuqarolar hayotini barqarorlashtirishga qaratiladi. Ularning bari epidemiyaning oqibatlarida his qilishdi”, – sharhladi ushbu qarorni moliya vaziri o‘rinbosari Pun Mun Gyu.
Ko‘rsatilgan mablag‘ning 5.6 trln vonasi soliq to‘lovlarining kamayishidan kelgan zararni qoplashga, 6.2 trln vona esa fuqarolar va biznesga bevosita yordam berishga qaratiladi.
Moliya vazirligi tahlilchilarining hisob-kitoblariga qaraganda, ushbu chora-tadbirlar joriy yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishini 0.3 foizga, keyingi yili esa 0.4 foizga ko‘tarishga xizmat qiladi. 2015 yilda YaIM 3.1, 2016 yili 3.6 foizni tashkil qilish kutilmoqda.

Top