10:44 / 03.07.2015
3836

Malika Diananing ko‘ylagi kim oshdi savdosida 200 ming dollarga sotildi

Buyuk Britaniyaning marhum malikasi Dianaga tegishli bo‘lgan ko‘ylak kim oshdi savdosida 200 ming dollar narxga sotildi. Bu haqda People nashrida xabar berildi.

Auktsionda bu ko‘ylak uchun dastlab 30 ming dollarlik narx belgilangandi.

Ma'lum bo‘lishicha, ko‘ylak uchun 80 ming taklif qilingan vaqtda, birdaniga ikki barobardan ko‘proq, 200 ming dollarlik narx aytgan xaridor barchani hayratga solgan holda buyumga ega bo‘lgan.

Top