Sport | 16:01 / 03.07.2015
1546
1 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Siti" "Aston Villa"dan Delfni 8 mln funt evaziga transfer qiladi

"Aston Villa” klubi sardori Fabian Dels faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi. U manchesterliklar safiga 8 million funt evaziga o‘tadi.

Delfning yangi klubdagi maoshi haftasiga 100 ming funtni tashkil qiladi. Har ikki klub ushbu transfer bo‘yicha deyarli kelishuvga erishib bo‘lishgan.

“Manchester Siti” Delfni xarid qilgandan keyin ham “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirishi xabar qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish