07:47 / 03.07.2015
2965

Mashhur xokkeychi turmush o‘rtog‘iga zo‘ravonlik qilgani uchun uch oyga qamaldi

AQSh Milliy xokkey ligasining “Los-Anjyeles Kingz” himoyachisi, rossiyalik Vyacheslav Voynov turmush o‘rtog‘i Marta Varlamovaga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun 90 kunlik qamoq muddatiga hukm qilindi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qildi.

Hukm Kaliforniya shtatidagi Torrans shahri sudi tomonidan o‘qildi. Voynovga belgilangan shartli muddat uch yilni tashkil qiladi.

Shuningdek, rossiyalik xokkeychi 700 dollar jarima to‘laydi hamda uy zo‘ravonligiga bag‘ishlangan bir yillik kursga qatnaydi. Bulardan tashqari, u 8 soat jamoat ishlariga hukm qilindi.

Agarda xokkeychi yaxshi odob-ahloq va tartib namoyish qilsa, unga nisbatan belgilangan qamoq muddati ikki barobarga qisqarishi mumkin, dedi prokuror Frenk Dannik jurnalistlar bilan suhbat asnosida.

Bunday jinoyat uchun odatda aybdorlar, AQSh fuqarolari bo‘lmagan taqdirda, mamlakat hududidan chiqarib yuborilar edi, ammo, sudlanuvchining holatini e'tiborga olib, unga yengilroq modda bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Top