Jahon | 17:52 / 03.07.2015
3125
1 daqiqa o‘qiladi

Narishkin AQSh rahbariyatini “ayanchli masxarabozlar” deb atadi

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Sergey Narishkin AQSh rahbariyatini “ayanchli masxarabozlar” deb atadi.
“Rossiyani go‘yoki cheklab qo‘ydik degan bayonotlarni beruvchi ayrim oliy martabali Vashington siyosatchilari ayanchli masxarabozlarga o‘xshaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi Interfaks.
Spikerning fikricha, Rossiyani na tashqi, na ichki tomondan izolyatsiya qilishning imkoni yo‘qdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish