11:27 / 03.07.2015
3884

Omskda Boeing-757 samolyoti dvigateliga kirib qolgan qushlar tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

223 yo‘lovchi bilan Omskdan Turkiyaga tomon parvoz qilgan Boeing-757 samolyoti dvigateliga kirib qolgan qushlar tufayli ortga qaytib, majburan qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Moskva vaqti bilan 3 iyul kuni soat 00:40da Boeing-757 samolyotining o‘ng dvigatelida muammo chiqdi. Qushlar keltirib chiqargan bu muammo tufayli uchuvchilar 10 daqiqadan so‘ng Omsk aeroportiga qaytishga qaror qilishdi", deyiladi G‘arbiy-Sibir transport prokuraturasi xabarida.

Qayd etilishicha, bu samolyot yo‘lovchilari Moskvaga yo‘l olib, o‘sha yerdan boshqa samolyot orqali uchishadi.

Top