O‘zbekiston | 17:19 / 03.07.2015
10285
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston xarid qilish qobiliyati e'tiborga olingan holda tuzilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) bo‘yicha jahon ro‘yxatida 64-o‘rinni egalladi. Bu Jahon banki ma'lumotlarida ko‘rsatildi.
Jahon bankining 2014 yil yakunlariga ko‘ra tuzgan YaIM reytingidan 189 mamlakat o‘rin oldi.
Jahon banki e'lon qilgan ma'lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston 171.416 mlrd dollar YaIM (sotib olish qobiliyatini hisobga olgan holda) ko‘rsatkich bilan 64-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilgi reytingda O‘zbekistonga 156.256 mlrd dollar bilan 66-o‘rin berilgan edi.
Iqtisodiyot hajmi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda YaIM o‘tgan yili 62.644 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu dunyo bo‘yicha 73-natijadir. 2013 yilda u 75-o‘rinda edi.
Shuningdek, aholi boshiga YaIM 2.090 ming dollarni tashkil qiladi, bu 2013 yil natijasidan (1.878 ming dollar) 11.29 foizga ko‘proqdir. Bu borada O‘zbekiston jahon bo‘yicha 159-dir. Xarid qilish qobiliyatini e'tiborga olgan holda jon boshiga YaIM 5.840 ming dollarni tashkil qildi (146-o‘rin).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish