Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:20 / 03.07.2015
5739
1 daqiqa o‘qiladi
Patrushev Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif qildi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Siyosatchi bu haqda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishini amalga oshirgan davlatlarni Ukrainadagi mojaroning asl sababchilari deb atagan edi.