Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Afg‘onistonga chegarada o‘t ochilishi munosabati bilan norozilik bildirdi
Pokiston hukumati Afg‘onistonga rasmiy norozilik bildirdi. Bunga sabab sifatida Afg‘oniston pozitsiyalaridan o‘t ochilishi natijasida bir necha pokistonlik chegarachining yaralangani ko‘rsatilgan.
Geo TV telekanalining xabar berishicha, norozilik notasi tashqi ishlar vazirliklari kanallari orqali yetkazilgan.
Afg‘onistonning Islomoboddagi elchisi Pokiston TIVga chaqirilib, unga rasmiy nota taqdim etilgan. Bundan tashqari, rasmiy Pokiston Afg‘oniston huquq-tartibot organlari tomonidan Qandahorda Pokiston konsulligining ikki nafar xodimi qo‘lga olinganligidan noroziligini bildirgan. Aytilishicha, Kobuldagi diplomatik missiyaning aralashuvi tufayligina xodimlar qo‘yib yuborilgan.