Jahon | 09:41 / 03.07.2015
4592
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti 2014 yilgi daromadlari haqida hisobot topshirdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 2014 yilgi daromadlari haqida hisobot topshirdi. Bu haqda davlat kadr xizmatiga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
O‘tgan yili prezident asosiy ish joyidan 1.3 mln som (20 ming dollar) daromad qilgan. Atambayevga tegishli mulklar qatorida 64 ming ga yerga ekilgan ko‘p yillik ekinlar mavjud. Shuningdek, u xususiy korxonalardan birining 100 foiz huquqlariga ega. Bu mulklarning bari vakolatli boshqaruvchilarga topshirilgan. Davlat yetakchisining shaxsiy mashinasi Toyota Land Cruiser 2007dir.
Atambayevning qarindoshlari o‘tgan yili 199 ming dollar ishlab topgan, o‘zlariga tegishli aksiyalardan dividentlar tariqasida 119 ming dollar olishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish