Jamiyat | 07:00 / 03.07.2015
3177
2 daqiqa o‘qiladi

Qozonda musulmon kinosi kinofestivalida 700dan ortiq film baholanadi

XI Qozon musulmon kinosi xalqaro festivali hakamlar hay'ati 52 davlatdan 700ta filmni baholashlari kerak bo‘ladi.

Festivalda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishi 1 iyulda o‘z nihoyasiga yetdi, deb ma'lum qildi festival dasturi direktori Albina Nafigova.

“Festival ijroiy qo‘mitasi tomonidan 52 davlatdan 700dan ko‘proq film ro‘yxatga olindi. Bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan taxminan 200taga ko‘proqni tashkil qilmoqda”, deb aytmoqda Nafigova.

Nafigova arizalar deyarli butun kinematografiya dunyosini qamrab olganini qo‘shimcha qilib o‘tdi: arizalar 14ta Yevropa davlatidan, AQShdan, Osiyoning 18ta davlatidan va 5ta Afrika davlatidan kelgan. Qolgan arizalar Rossiya MDH davlatlaridan jo‘natilgan.

XI Musulmon kinosi xalqaro festivali Tatariston poytaxti – Qozonda 5-11 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi, tanlov dasturidan 50ta film joy oladi.

Qozon kinofestivali 2005 yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Turli yillarda kinofestivalning xalqaro hakamlar hay'atini Vladimir Xotinenko, Karen Shaxnazarov va Vadim Abdrashitov kabi rejissyorlar boshqargan. Festivalga Katrin Denyov, Edrian Broudi, Ornella Muti, Nikita Mixalkov, Eldar Ryazanov va Yevgeniy Mironov kabi kino sohasi namoyandalari faxriy mehmon sifatida tashrif buyurishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish