18:16 / 03.07.2015
4537

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda transformator stansiyalarini qurmoqda

Rossiyaning SVEL guruhi O‘zbekistonda transformator stansiyalarini qurmoqda. Kompaniya ishlab chiqaruvchi, loyihalashtiruvchi va yetkazuvchi vazifasini bajarmoqda.
Guruh o‘zining yangi mahsuloti – komplektli transformator stansiyalarini sotishni yaqinda boshladi. Bu haqda “Uralinformbyuro” agentligi xabar bermoqda.
Guruh tomonidan loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan dastlabki blok tipli mahsulotlar O‘zbekistonda qurildi. Adamtosh va Jarquduq stansiyalari Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi yangi gaz konining elektr ta'minoti tizimiga kiradi. Ayni paytda obektlarda montaj ishlari yakunlanmoqda.

Top