16:43 / 03.07.2015
2904

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida to‘p surishi mumkin

Rossiyaning «Zenit» klubi hujumchisi Aleksandr Kerjakovga Toshkentning «Lokomotiv» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sports.ru internet-nashri bloglaridan biri tvitterda yozib qoldirgan.

Shuningdek, klubga yaqin bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, tomonlar Kerjakov borasida muzokaralarni boshlash arafasida turishibdi. Avvalroq tajribali futbolchini Moskvaning "Dinamo" va "Lokomotiv" klublari ham o‘z safida ko‘rmoqchiligi xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Zenit» bosh murabbiyi uni yozgi yig‘inlarga olib ketmagan, futbolchining o‘zi esa «Zenit» yoshlar tarkibi bilan shug‘ullanishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top