Jahon | 17:27 / 03.07.2015
2681
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada “unutilish huquqi” to‘g‘risida qonun qabul qilindi

Rossiya Davlat Dumasi o‘ziga xos qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Internetda ushbu hujjat “unutilish huquqi” nomini oldi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, u qidiruv tizimlarini qidiruv natijalaridan fuqaro haqidagi ma'lumotni shu fuqaroning talabiga ko‘ra olib tashlashga chorlaydi.
Loyihaga ko‘ra, foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma'lumotlarni qidiruv natijalaridan olib tashlashni talab qilishi mumkin. Jinoyat belgilariga ega bo‘lgan ma'lumotlar bundan mustasno.
Qonun Rossiya hududiga reklama tarqatuvchi internet qidiruv tizimlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. U 2016 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish