Sport | 11:55 / 03.07.2015
7422
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidov “Nant” jamoasi taklifini rad qilgani aytildi

Faoliyatini Qatarning “Al-Jaish” jamoasida davom ettirishi aniq bo‘lib ulgurgan Sardor Rashidovga Fransiyaning mashhur “Nant” klubi ham qiziqish bildirgani ma'lum qilindi. Bu haqda olamsport.uz nashrida yozilgan.

Ma'lumot uchun, “Nant” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Fransiya chempionatida 20ta jamoa orasida 14-o‘rinni egallagan.

Sardor Rashidov yakunda Qatar klubi variantini tanlashga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, shu kunlarda Rashidov Dohada bo‘lib turibdi. Tez orada u yangi jamoasi bilan rasman shartnoma imzolashi kutilmoqda. Unga Qatarda “Bunyodkor” klubi bosh direktori Baxtiyor Boboyev hamrohlik qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish