Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Sepaxon" klubi Fozil Musayev borasidagi 1 mln dollarlik taklifni rad etdi
Isfaxonning “Sepaxon” jamoasi safida so‘ngi yarim mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazgan va Eron chempionligiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston milliy termasi a'zosi Fozil Musayevga Saudiya Arabistonining top-klublaridan biri qiziqish bildirib, shu kunlarda forslar rahbariyatiga murojaat qildi.
Biroq 2016 yili Osiyo Chempionlar ligasida to‘p suradigan ushbu arab klubi “Sepaxon”dan rad javobini oldi.
- Musayev jamoamizning yetakchilaridan sanaladi. U chempionlik unvonini qo‘lga kiritishimizda asosiy rollardan birini o‘ynadi. O‘zbekistonlik futbolchini muxlislarimiz ham juda qattiq hurmat qilishadi. Ha, yaqinda uning transferi bo‘yicha bizga Saudiya Arabistoni grandlaridan biri aloqaga chiqdi. Arablar 1 million dollar miqdorida transfer summasini to‘lashga tayyor ekanliklarini aytishdi. Ammo yarim himoyachimizdan kelasi mavsumdagi Chempionlar ligasida o‘zimizning ham umidlarimiz katta, - dedi “Sepaxon” menejyeri Rasul Xorvash.
- Fozilning narxi keskin ravishda oshgani – bu tabiiy hol. Arablar bizning ichki chempionatimiz va unda o‘ynayotgan futbolchilarimiz haqida u qadar chuqur va to‘liq ma'lumotga ega emaslar. Ular futbolchilarimizni Chempionlar ligasi va terma jamoamiz uchrashuvlari orqali bir yilda ko‘pi bilan 2-3ta bellashuvda bevosita ko‘rishlari mumkin.
Eron chempionati ularga yaqinroq hisoblanadi va o‘zbekistonlik futbolchilar uchun o‘ziga xos ko‘prikdir. Shu sababli arablar Fozilni so‘ngi davr mobaynida muntazam kuzatib borishgan. Musayevning “Sepaxon” bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Balki bu kabi takliflarni keyingi yozda ko‘rib chiqarmiz. Hozircha u faoliyatini Eronda davom ettiradi, - deydi futbolchining agenti San'at Sharipov.