Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:00 / 03.07.2015
2004
1 daqiqa o‘qiladi
So‘rovnoma Gretsiya aholisining 74 foizi Yevrozonada qolishni istashini ko‘rsatdi
Gretsiya fuqarolarining 74 foizi Yevrozonada qolishni istaydi. Bu ALCO ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomadan ma'lum bo‘ldi. Tadqiqot natijalari Ethnos gazetasida chop etildi.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 44.8 foizi yakshanba kuni o‘tadigan referendumda tashqi moliyaviy yordam ko‘rsatilishini yoqlab ovoz berishlarini ma'lum qilishdi. 43.4 foizi esa bunga qarshi.
15 foiz respondentlar milliy valyutaga o‘tish tarafdoridir.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish