Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston prezidenti Yevropa xalqaro va strategik tadqiqotlar markazi faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Yevropa xalqaro va strategik tadqiqotlar markazining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.
Tojikiston rahbarining tinchlik va barqarorlikni himoya qilish, mamlakatning milliy birdamligi va rivojlanishiga ko‘shgan hissasi shu tariqa yuqori baholandi.
Yevropa xalqaro va strategik tadqiqotlar markazi 1985 yilda Bryusselda universitetlar professorlari, diplomatlar va atoqli davlat xizmatchilarining tashabbusi bilan siyosat, xalqaro munosabatlar va rivojlanish siyosati sohasidagi oliy va to‘liq ta'limni tadqiq qilish va taqdim qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ayni paytda elchilar, yosh diplomatlar, Yevropa Ittifoqi tuzilmalari, NATO va Yevropaning boshqa tashkilotlari vakillari ushbu markazning talabalari hisoblanadi.