Jahon | 06:51 / 03.07.2015
2493
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Oliy Radasi milliy politsiya haqida qonun qabul qildi

Ukraina Oliy Radasi milliy politsiyaning huquqiy asoslarini tashkil etish va faoliyati, poliyatsiyachilar maqomi haqidagi qonunni qabul qildi.

Milliy politsiya haqidagi 2822-raqamli qonun loyihasi ikkinchi ko‘rib chiqishda 278 nafar xalq deputati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Qonunda milliy politsiya – bu jamiyatga inson huquqlari va erkinligini himoya qilish yo‘li bilan xizmat qiluvchi, jinoyatga qarshi turuvchi, ommaviy xavfsizlik va tartibni qo‘llab-quvvatlovchi ijrochi hukumatning markaziy organi, deb aytilgan.

Qonunga ko‘ra, politsiya tizimini politsiyaning markaziy boshqaruv organi va hududiy organlari tashkil qiladi.

Politsiya tarkibida jinoiy va patrul politsiyasi, sudgacha tergov organlari, qo‘riqlash politsiyasi, maxsus politsiya va alohida vazifalarni bajaruvchi politsiya faoliyat yuritadi.

Politsiya rahbarini Ichki ishlar vazirligi nizomiga ko‘ra bosh vazirning ko‘rsatgan nomzodini Vazirlar mahkamasi tayinlaydi va bo‘shatadi.

Politsiya faoliyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi orqali yo‘naltiriladi va boshqariladi.

Qonunda politsiyachilar tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha xalqaro operatsiyalarda ishtirok etish uchun jalb qilinishlari mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish