Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:13 / 03.07.2015
5356
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro fazo stansiyasining Oy fonidagi surati e'lon qilindi
Avstraliyalik havaskor suratkash Dilan O'Donnell Xalqaro fazo stansiyasining Oy fonidagi suratini tushirib, uni o‘z blogida e'lon qildi.
O'Donnell stansiya holatini CalSky sayti orqali kuzatgan. Stantsiyani Oy fonida obektivga tushirish uchun u bir yil vaqtini sarflagan. Surat Canon 70D fotoapparati va Celestron 9.25 teleskopi yordamida yaratilgan.
Suratkashning ta'kidlashicha, sekundiga 7.6 km tezlik bilan harakatlanadigan stansiya Oy oldidan 0.33 sekund ichida uchib o‘tadi.