Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi Apple’ga taqlid qiluvchi kompaniyalar tufayli xarid rejalaridan ortda qolmoqda
Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi xaridlar rejasini bajara olmayapti, deb darak beradi The Financial Times. Bunga Apple’ga taqlid qiluvchi kompaniyalarning ko‘pligi to‘sqinlik qilmoqda.
2 iyul kuni Xiaomi 2015 yilning birinchi yarim yilligida 34,7 mln smartfon sotganini ma'lum qildi. 2014 yili kompaniya asoschisi Ley Jun 2015 yil davomida kompaniya 100 mln smartfon sotishiga ishonch bildirgan edi. Ayni paytda bu talab 80 mln ga tushirildi.
The Financial Times nashrining yozishicha, kompaniyaning qiyinchiligiga sabab bo‘layotgan kompaniyalar Apple’ning marketing qadamlarini o‘zlashtirib olib, shu bilan birga, arzon mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. iPhone shuhratining oshishi ham kompaniyaning o‘sishiga to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan, 2015 yilning birinchi yarmida Apple Xitoy ichidagi sotuvlar bo‘yicha ham Xiaomi’dan o‘tib ketdi.
2010 yili tashkil etilgan Xiaomi 2014 yil oxirida 45 mlrd dollarga baholangan edi. Kompaniyaning o‘z ma'lumotlariga qaraganda, 2014 yili u 60 mln dona smartfon sota olgan. Shu bilan birga, Gartner tahlilchilarining fikricha, bu ma'lumotlar faqatgina do‘konlarga yetkazilgan smartfonlar miqdorini e'tiborga oladi. Asl sotuvlar miqdori esa 56.5 mln donani tashkil qiladi.