Jahon | 18:14 / 03.07.2015
3777
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi kompaniyalardan biri xodimalarni rejalashtirilmagan homiladorlik uchun jarimaga tortmoqchi

Xitoyning mahalliy kompaniyalaridan biri ayol ishchilar homilador bo‘lishdan oldin buning uchun rahbariyatdan ruxsat so‘rashi kerakligi haqidagi qoidani joriy qildi. Aks holda, Business Insider nashrining yozishicha, ular jarimaga tortiladi.
Xenan viloyatidagi Tszyaotszo kredit kooperativi mana shunday reglamentni joriy qildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, kompaniyada bir yildan ko‘proq ishlagan erli ayollargina homiladorlikni rejalashtirish taqvimidan joy olishi mumkin. Ruxsatsiz homilador bo‘lganlar esa 1 ming yuan (161 dollar) jarima to‘laydilar.
The Paper portali reglamentning skrinshotini e'lon qildi. Kompaniya vakillari ushbu axborotni tasdiqladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish