08:57 / 04.07.2015
2395

Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari o‘rtasida mablag‘larni o‘tkazish texnologiyasini patentlashtirdi

Apple kompaniyasi bir smartfondan ikkinchi smartfonga pul o‘tkazish texnologiyasini patentlashtirdi. Bu haqda Patently Apple xabar bermoqda.

iPhone egalari Wallet dasturi orqali pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Verifikatsiya sifatida mijozlarga barmoq izlaridan yoki telefon uchun paroldan foydalanish taklif etiladi.

iPhone foydalanuvchisi dastur yordamida telefonga bog‘langan kartani tanlab, pul o‘tkazish operatsiyasini taklif etilgan usullardan biri orqali tasdiqlashi mumkin. To‘lovni qabul qiluvchi o‘tkazilayotgan summa va barcha to‘lov ma'lumotlari bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Wallet dasturi eski Passbook xizmati negizida ishlaydi.

Top