Jahon | 08:52 / 04.07.2015
2309
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda tez tibbiy yordam vertolyoti halokatga uchradi

AQShning Kolarado shtati hududida tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan vertolyot qulab tushishi natijasida uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC 7 xabar berdi.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotda bo‘lgan hamshira va doktor omon qolgan. Vertolyotda bemorlar bo‘lmagan.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu hodisa Frisko shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, vertolyot parvozga ko‘tarilishda muammoga duch kelgan hamda avtoturargohdagi mashinalardan birining ustiga qulab, yona boshlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish