20:48 / 04.07.2015
4529

Fidel Kastro uch oydan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro mahalliy pishloq tayyorlovchilar yoniga 4 soatlik tashrif uyushtirdi. Bu haqda bir qator OAVlar ma'lum qilmoqda.

OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, shu tariqa Fidel Kastro uch oydan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi.

Qayd etilishicha, Kastro o‘zining sayri davomida mamlakat oziq-ovqat sanoati vazirligining tadqiqot institutiga tashrif buyurgan.

Kastroning omma oldidagi ko‘rinishlari orasidagi avvalgi tanaffusi 14 oyni tashkil qilgan edi.

Top