10:54 / 04.07.2015
1626

Filippinda halokatga uchragan parom qurbonlari soni 59 kishini tashkil etdi

2 iyul kuni Filippinning Leyta oroli yaqinida yo‘lovchi paromi halokatga uchrashi natijasida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi. Bu haqda Filippin sohil qo‘riqlash xizmatiga asoslanib DPA agentligi tomonidan xabar qilingan.

Bundan oldin halokat qurbonlari 38 nafar ekani xabar qilingandi.

MV Kim Nirvana-B nomli ushbu kema Ormok portidan Kamotes tomon yo‘lga chiqqanidan 20 daqiqa o‘tgach, cho‘ka boshlagan.

Kemada 187 kishi ketayotgan bo‘lgan, 134 kishi qutqarib olingan. Halokat sabablari aniq aytilmagan.

Taxminlarga ko‘ra, kemaga haddan tashqari ko‘p yuk ortilgani halokatga sabab bo‘lgan.

Top