Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya moliya vaziri Yevropa Ittifoqi siyosatini terrorchilik deb atadi
Gretsiya moliya vaziri Yanis Varufakis Yevropa Ittifoqining Gretsiyaga nisbatan qo‘llayotgan siyosatini “terrorchilik” deb atadi. Bu haqda Varufakis El Mundo nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ular Gretsiya bilan qilayotgan ishlari oddiy qilib aytganda “terrorchilik” deyiladi. Nima uchun ular banklarni yopishga majbur qilishdi? Odamlarni qo‘rqitish uchun. Va bu yerda gap vahima solish haqida ketmoqda”, deb aytdi Varufakis.
Varufakisning aytishicha, referendumning istalgan natijasida ham kelishuvga erishish qiyin bo‘ladi, chunki bu ikkala tomon uchun ham qimmatlik qiladi.
Avvalroq Varufakis “Gretsiya qarzini restrukturizatsiya qilish haqidagi kelishuvni imzolagandan ko‘ra, yaxshisi qo‘lini kesib tashlashini” aytgan edi.
Gretsiya xalqi moliyaviy ko‘makning kelgusi taqdirini hal qiladigan referendum 5 iyulga belgilangan.