Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada yana bir kishi MERS virusiga chalindi
Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi (MERS) bilan bog‘liq yana bir holat qayd etildi.
Renhap agentligi xabariga ko‘ra, Seul shahrida istiqomat qiluvchilardan biri shu xastalikka chalingani aniqlangan va endilikda Janubiy Koreyada bunday bemorlar soni 185 nafarni tashkil etmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarda mamlakatda bu xastalik tufayli 33 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari 1431 kishi shifokorlar nazoratida turibdi. Xastaligi qayd etilgan 11 nafar bemor butunlay sog‘ayib, shifoxonalardan chiqarilgan.
Avvalroq olimlar Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusiga qarshi vaksina yaratishga muvaffaq bo‘lishgani xabar qilingandi.