22:18 / 04.07.2015
11424

Klichko o‘zining furajkasi bilan Poroshenko va Yatsenyukning kulgisini qistatdi

Ukrainaning yangi patrul politsiyasi shaxsiy tarkibi tomonidan qasamyod qabul qilish marosimida Vitaliy Klichko so‘zga chiqqan paytda uning ortida turgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk, Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov va uning o‘rinbosari Eka Zgudladzening kulgisini qistatgan.

OAVlardagi ma'lumotlarga ko‘ra, Klichko nutqi davomida unga bir kun oldin sovg‘a qilingan politsiyachilar furajkasini boshiga kiygan va bu bilan yonida turgan mamlakatning yuqori lavozimli mansabdor shaxslarining qattiq kulgisini qistatgan.

Ma'lumot uchun, 3 iyulda Kiyev meriga Ukrainada gruziyalik reformatorlar boshqaruvi ostida tashkil etilgan yangi patrul politsiya xizmatining taqdimoti paytida yangi kiyim-bosh taqdim qilingan edi.

Top