Jamiyat | 17:01 / 04.07.2015
8843
1 daqiqa o‘qiladi

O‘shda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi kutubxona ochildi

3 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda guvohlar feysbukda ma'lum qilishgan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu kutubxona shahardagi “Qora olma” kafesi yonida tashkil etilgan.

Tadbirda shahar qoziligi, Bishkek universiteti vakillari va turli millatga mansub mahalliy yoshlar ishtirok etgan.

Hozirgi vaqtda kutubxonada diniy adabiyotlar to‘plangan, bundan tashqari bu yerda turli o‘quv qo‘llanmalari, bolalar adabiyotlari, yuridik kitoblar, rus, o‘zbek, qirg‘iz mumtoz adabiyoti asarlarini topish mumkinligi aytilgan.

Kutubxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda muassasa fondining 70-80 foizi shayxning kitoblaridan tashkil topgan. Kelajakda esa ularning sonini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

Kutubxona fondini boyitish maqsadida shayx kitoblari O‘zbekistondan olib kelinishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish