Jahon | 17:14 / 04.07.2015
4244
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Obamani AQSh Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Barak Obamani AQSh Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi.

“Rossiya-AQSh munosabatlari ikki tomonlama kelishmovchiliklarning mavjudligiga qaramasdan, dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashda muhim omil bo‘lib qoladi”, deb aytilmoqda Putinning Obamaga yo‘llagan telegrammasida.

Putin Rossiya va AQSh xalqaro darajadagi eng murakkab muammolarni hal qilishlari va “global xavflar va chaqiriqlarga samarali qarshi turishlari” mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish