Jamiyat | 18:10 / 04.07.2015
4494
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda iyulning boshida mamlakat uchun rekord darajadagi anomal issiq havo kuzatilmoqda

Qirg‘iziston issiqdan aziyat chekmoqda: mamlakatning ba'zi hududlarida termometr ko‘rsatkichi 40 gradusdan yuqori haroratni ko‘rsatmoqda. Ob-havo mutaxassislari bunday jazirama issiq havoni bir asrdan ko‘proq vaqtdan beri kuzatishmaganlarini aytmoqdalar.

Mamlakat shaharlarida salqin ichimliklar va muzqaymoqlar savdosi ortdi. Qutqaruvchilar tushlikdan kechki soat 5 gacha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqdalar. Ob-havo mutaxassislarining aytishlaricha, iyul oyi bunday jazirma issiq bilan boshlangani hali hech ham kuzatilgan emas.

Bishkekda kuzatuvlarning barcha davri uchun eng yuqori havo harorati qayd etildi. Havo harorati 38,2 gradusni tashkil qildi. Tog‘li hududlarda hali qor bo‘lgan joylarda u erishni boshlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish