Jamiyat | 07:19 / 04.07.2015
4056
2 daqiqa o‘qiladi

Qozonda Cadillac avtomobili 11 farzandning onasi bo‘lgan ayolni bosib ketdi

Qozonda orqasi bilan katta tezlikda harakatlanayotgan Cadillac GMT 265 avtomobili 2013 yilda Qozonning “Rubin” futbol klubining sobiq murabbiyi v hozirda “Rostov” murabbiyi Qurbon Berdiyevning qarindoshi – Anton Shamrinni nomusga tegishda ayblagan Sayanara Volkovani bosib ketdi. Zarba shunchalik kuchli bo‘lganki, ayol bir necha metrga uchib ketgan. Qilib qo‘ygan ishidan qo‘rqib ketgan haydovchi hujjatlarini olib, mashinani qo‘shni hovlida tashlab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Yaqin atrofdagi odamlar tez tibbiy yordam chaqirishgan, biroq shifokorlar yetib kelguncha ayol vafot etib bo‘lgan.

Voqea jumaga, ya'ni 3 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Yo‘l-transport hodisasidan keyin avtomobil haydovchisi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan, biroq politsiyachilar tashlab ketilgan mashinaning davlat raqamidan uning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ertasiga gumonlanuvchining o‘zi politsiyaga keldi va hozirda politsiya avtomobilni kim boshqarganini aniqlashtirmoqda.

Volkovaning 11 farzandi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ayol fohishabozlik bilan shug‘ullangan va uning farzandlarining deyarli yarmining otasi turli erkaklar bo‘lgan.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, 2013 yilning iyunida Volkova 25 yoshli Anton Shamrin va uning do‘stlarini o‘zining nomusiga tegishda ayblagan. Ayol tergovchilarga ushbu jinoyat Qozondagi garajlardan birida Berdiyevga tegishli bo‘lgan Mercedes Gelandewagen avtomobili ichida sodir etilganini aytgan.

Keyinroq Shamrin qo‘lga olingan. Tergov paytida Shamrin himoyasi ayol fohishabozlik bilan shug‘ullanganini ta'kidlagan. Ayol o‘zining huquqlari uchun qattiq turib kurashgan, uni na tahdidlar, na zo‘ravonning maqomi qo‘rqita olgan. Oxir-oqibat tomonlar 1 mln rubl miqdoridagi tovon puliga kelishib, ishni “tinchlik” bilan bosdi-bosdi qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish